1 apreldan 14 aprelgacha O‘zbekistonda 300 ming 854 kishi COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlandi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Chorshanba kuni mamlakat bo‘ylab 43 ming 896 kishi vaksina olgan.

Emlanganlarning aksariyati vodiy hududlariga to‘g‘ri keladi: Farg‘ona viloyatida — 47 ming 946 kishi, Andijonda — 37 ming 344 kishi, Namanganda — 33 ming 446 kishi.

Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 20 ming nafar emlanganlar qayd etilgan.

Toshkentda 17 ming 716 kishi koronavirusga qarshi emlandi.


Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan boshlangan vaksinatsiyaning birinchi bosqichi Toshkent, Nukus va viloyat markazlarini qamrab olgan. Vaksina 65 yoshdan oshgan fuqarolarga va COVID-19ni yuqtirish xavfi bo‘lgan tibbiyot xodimlariga bepul beriladi.

Ayni paytda fuqarolar Covishield (AstraZeneca) va xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 bilan emlanmoqda. Boshqa vaksinalar hali olib kelinmagan.