O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni 510 ming 329 nafarga yetdi. 22 aprel kuni jami 23 ming 369 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (70 757 kishi), Namangan (54 960), Andijon (50 910), Samarqand (49 202) va Qashqadaryo (42 699) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkentda 32 ming 832 kishi koronavirusga qarshi emlandi, 22 aprel kuni — 1890 kishini tashkil etdi.


Eslatib o‘tamiz, vaksina bilan birinchi navbatda, 65 yoshdan oshgan fuqarolar va COVID-19 infetsiyasini yuqtirish xavfi bo‘lgan tibbiyot xodimlari bepul emlanadi.

Ayni paytda Covishield (AstraZeneca) va xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinalari bilan emlash jarayonlari olib borilmoqda. 23 aprel kuni «Sputnik V» vaksinansining dastlabki partiyasi O‘zbekistonga olib kelindi.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi kunlarda 1 apreldan boshlangan emlanish darajasi pasaygan. 10 apreldan 14 aprelgacha kuniga 40 mingdan ziyod odam vaksinani olgan edi. Aksariyat fuqarolar 12 aprelda emlanib, 67 ming kishini tashkil etdi.

21 aprel kuni Sanitariya-epidemiologiya ta’minoti xizmati bu Ramazon oyida ro‘za boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, 21 aprel holatiga ko‘ra, emlanganlarning 58 foizi AstraZeneca vaksinansini va 42 foizi ZF-UZ-VAS2001 ni tanladilar. Emlanganlarning deyarli yarmini 65 yoshdan oshgan fuqarolar tashkil etadi. Emlanganlarda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmayapti, deyiladi xabarda.