KXDRda koronavirus aniqlangani haqidagi ilk xabardan bir necha kun o‘tib, virus yuqtirib olganlar soni 1,7 mlndan oshgan bo‘lishi mumkin, 60 dan ortiq kishi esa kovidga xos alomatlardan vafot etgani aytilmoqda. Mamlakat Janubiy Koreyaning yordam berish haqidagi taklifiga javob bermadi.
2020 yilda boshlangan pandemiya davridan buyon Shimoliy Koreyada koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Mamlakatda chegara nazorati kuchaytirildi, shaharlarda lokdaunlar joriy etilmoqda.
2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.
11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida chegarani kesib o‘tish cheklovlarini bekor qiladi. Manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish talabi saqlanib qolmoqda.
O‘zbekistonda yangi koronavirus holatlari soni keskin kamayib bormoqda. Chorshanba kuni faqat poytaxtda 6 kishida koronavirus aniqlandi. Oxirgi bor bunday past ko‘rsatkich pandemiya boshida — 2020 yil martda qayd etilgan edi.
O‘zbekistonda 22 mart kuni 7 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi. Bu 2020 yil aprel oyidan beri eng past ko‘rsatkich. Yangi bemorlar Namangan viloyati va Toshkent shahrida aniqlangan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish borasida kelishuvga erishdi. Bundan buyon sertifikatga ega fuqarolardan mamlakatlar chegarasini kesib o‘tishda PZR-testi natijasi talab etilmaydi. Avvalroq, Tojikiston, Turkiya va Buyuk Britaniya ham O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olgandi.
14 mart kuni respublikaning 11 ta hududida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmadi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bu shanba kungidan 47 taga kam (69 ta).
Payshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortdi (70 kishi). Bir kun avval bor-yo‘g‘i 14 kishi virus yuqtirgani ma’lum bo‘lgan edi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirusni yuqtirib olish holatlari aniqlanmadi. Kun davomida Toshkent shahri, Surxondaryo, Andijon va Navoiyda jami 14 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi.
7-mart kuni 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu so‘nggi 12 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.
SES avgust oyidan buyon 89 mingdan ortiq ishchi-xodimlar koronavirusga qarshi vaksina olmaganini aniqladi. Ularning 45 mingdan ortig‘i vaqtincha ishdan chetlashtirilgan.
Bahorning birinchi kunida O‘zbekistonda 95 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Yana 11 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Qashqadaryodan tashqari 11 ta hududda jami 106 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 15 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Shanba kuni O‘zbekistonda 125 kishida kovid qayd etildi. Kun davomida 3 nafar bemor vafot etdi, 19 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Juma kuni O‘zbekistonda 138 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi, bu bir kun oldingi (156 ta) holatdan kamroq. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 21 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Payshanba kuni 156 kishining COVID-19`ga torshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich — 140 tani tashkil qilgandi. Qolaversa, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 140 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani qayd etdi. Shuningdek, kun davomida 24 kishida pnevmoniya aniqlandi.
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar obyektlar ish vaqtiga nisbatan cheklovlar hamda umumiy ovqatlanish joylari va jamoat transporti harakatlanuvchi tarkibi umumiy sig‘imidagi o‘rinlarni 50 foizgacha qisqartirish talabi bekor qilindi. Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur cheklovlarning bekor qilinishini “odatiy hayot tarziga qaytishning dastlabki qadamlaridan biri” deb atadi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting