Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani aytilgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirlik bu ma’lumotlarning haqiqatga зид ekanligini ma’lum qildi.

«Bolalar orasida o‘tkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qo‘shimcha shifo o‘rni yaratilgan edi», — deyiladi xabarda. Hozir holat barqaror bo‘lib, xastalanish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan", — deyiladi xabarda.

bolalar, koronavirus

Foto: SSV

Shuningdek, vazirlik agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa o‘tkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu bo‘yicha rasmiy axborot berilishini qayd etdi.

Qishki iqlim sharoitida bolalarning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy e’tibor berishlari, bu xildagi feyk (yolg‘on) xabarlarga ishonmasliklari so‘raldi.

Ta’kidlash joizki, SSV O‘zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanishlar statistikasini 15 dekabrdan buyon e’lon qilmay qo‘ydi. O‘shanda bir sutkada 130 nafardan ziyod kishida kovid aniqlangandi.