Dunyo bo‘ylab yana koronavirus bilan kasallanish holatlari kun sayin ortib bormoqda. O‘zbekistonda vaziyat qanday? Bu haqda tashvishlanishga arziydimi? Qayta yemlanish kerakmi? “Gazeta.uz” muxbiri Jahongir Azimov ayni shu savollarga javob olish maqsadida “Zangiota-1” Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi direktori Anvar Husanov va uning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Xilola Alimova bilan suhbatlashdi.

Haqiqatan ham O‘zbekistonda COVID-19`ga chalinish holatlari ko‘payganmi?

Xilola Alimova: Hozir koronavirus infeksiyasining ko‘payishi kuzatilmoqda. Virusli kasalliklarda mavsumiylik kuzatiladi va kasallik holatlari kuz, qish va bahorda ko‘payadi. Koronavirus holatida bizning mintaqamizda bunday mavsumiylik yozda kuzatiladi.

Masalan, o‘tgan yili bemorlar sonining ko‘payishi iyul oyining boshida sodir bo‘lgandi. Bu yil ko‘tarilish esa kechikdi — avgust oyining oxiri bilan sentabrga o‘tish davrida kuzatilmoqda. Hozir gripp mavsumi emas, shuning uchun o‘sishning asosiy sababini koronavirus bilan bog‘lashimiz mumkin.

Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, kuz-qish mavsumida koronavirus infeksiyasi va gripp epidemiyasi bilan kasallanishning ko‘payishi infeksiyaning aralash shakli (miks-infeksiya)ga olib keladi, bu asosan bolalarda og‘irroq asoratlarni keltirib chiqaradi.

Hozir koronavirusning qaysi turi keng tarqalmoqda?

Anvar Xusanov: “Omikron” va uning subturi EG.5 “Eris” (Eris). U ilk bor shu yilning mart oyida aniqlangandi. Koronavirusning ushbu infeksiyasi O‘zbekistonga Rossiya yoki Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan deb taxmin qilish mumkin.

Ayni vaqtda “Zangiota-1” shifoxonasida qancha bemor davolanmoqda?

Anvar Xusanov: 24-avgust holatiga jami bemorlarning soni 462 kishiga yetdi. Ularning 47 nafari og‘ir ahvolda. Holati og‘ir bemorlarning o‘rtacha yoshi 62,4 ni tashkil qiladi. Surunkali kasalliklari bo‘lgan va emlanmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘rtacha darajada kechmoqda.

анvaр ҳuсанов, xilола алимоva, koronavirus, covid-19, эрис, омикрон, gripp

Xilola Alimova: 26-avgust holatiga shifoxonada 500 nafar bemor davolanmoqda. Bu albatta 2020−2021-yillar bilan solishtirganda eng kam, biroq 2023-yil bilan solishtirsak maksimum ko‘rsatkichdir.

Bugungi bemorlar virusning “Eris” subvarianti bilan kasallangan deb aytish qiyin. Ular “Omikron”ning har xil subturlariga chalinishgan.

Koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan kasalxonaga kelgan bemorlarning deyarli yarmi — bolalar, qariyalar va homiladorlardir. Homilador ayol infeksiyaga chalinganda biz ko‘proq homila uchun qayg‘uramiz, chunki homiladorlikni to‘xtatish xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bemorlar tibbiyot birlashmalariga borib ekspress-test topshirishadi, agar ularda koronavirus aniqlansa, bizni shifoxonaga yuborishadi.

Reanimatsiya bo‘limida 45 nafar bemor qolmoqda. Ular asosan vaksina olmagan bemorlar: qo‘shimcha (qandli diabet, gipertonik yoki ishemik yoki yurak-qon tomir) kasalliklari yoki virusli pnevmoniyasi bo‘lgan qariyalardir.

O‘zbekistonda “Eris” qanchalik keng tarqalgan?

Xilola Alimova: Hozir mulohaza yuritish juda qiyin. Ko‘pchilik PZR-testini topshirmaydi. Yoshlar esa kasallikni gripp kabi o‘tkazib yuborishadi. Lekin biz shifoxonamizga kelgan bemorlardan koronavirusning turini aniqlash uchun tahlil olayapmiz va Virusologiya institutiga yuboryapmiz. “Eris” qanchalik keng tarqalganini aniqlash uchun esa virus turini aniqlashga mo‘ljallangan genetik tahlilni o‘tkazishimiz kerak.

анvaр ҳuсанов, xilола алимоva, koronavirus, covid-19, эрис, омикрон, gripp

Biroq genetik tahlil (sekvenirovaniya) o‘tkazish imkoniyatlari cheklangan. Samarali tahlil ko‘plab resurslarni — xodimlar, uskunalar, reaktivlar va bioaxboriy infratuzilmani talab qiladi. Respublikada bunday analizni sanoqli klinikalar o‘tkaza oladi. Bu juda qimmat usuldir.

Shuning uchun biz bemorlarni kasallikning o‘ziga xos xususiyatlariga, kasallikning belgilari va og‘irligiga qarab shakllanadigan guruhlarga ajratamiz. Har bir gurug‘dan koronavirus infeksiyasi uchun PZR-testi ijobiy chiqqan bemorlarning namunalari genetik tahlil uchun yuboriladi.

Biz koronavirus yepidemiyasi paytida yil davomida bemorlarning namunalarini yuboramiz, kasalliklar sonining ko‘payishini, klinik belgilar va simptomlarning o‘zgarishini o‘rganamiz. Genetik tahlil natijalariga qarab, aholi orasida tarqaladigan virusning dominant turini aniqlash mumkin.

“Eris”ning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab bering. U qanchalik xavfli?

Xilola Alimova: Shuni anglash kerakki, har bir virus yuqumlilik indeksga ega — tarqalish tezligi, shuningdek patogenlik, ya’ni u kasallikni qanchalik oshirishi. Har qanday mikroorganizm populyatsiyada iloji boricha kengroq tarqalish va ko‘proq xo‘jayinni egallash maqsadiga ega. Shu bilan birga, xo‘jayini o‘ldirish maqsadi yo‘q.

Evolyutsiyaga uchrayotgan “Eris”ning yangi turi, o‘zidan oldingi SARS-CoV-2 turlari singari o‘z xo‘jayini organizmiga jiddiy zarar yetkazmasdan patogenligini yo‘qotadi.

Boshqacha aytganda, virus yanada yuqumliroq bo‘lib boraveradi, biroq ular chaqiradigan kasallik yengilroq o‘tib ketadi. Virus evolyutsiyasining aynan ushbu xususiyatlari “Eris” xavfliroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, immuniteti kuchsiz bo‘lgan va ba’zi sezgir toifadagi insonlarda kasallik yanada og‘ir oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

“Eris” qanday alomatlarni yuzaga keltiradi?

Xilola Alimova: Uning alomatlari nafas yo‘llari infeksiyalari va “Omikron”ning oldingi subturlari “Kraken” va “Arktur”ga o‘xshaydi: tomoq og‘rishi, burun bitishi, tumov, aksirish, quruq yo‘tal, ko‘krak qafasidagi siqilish hissi, bosh og‘rishi, ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi, suyuq najas chiqishi, lixoradka.

Ilgari SARS-CoV 2 virusining turlarida kuzatilganidek ta’m va hid sezish qobiliyatlari yo‘qolishi uchramayapti. Umumiy olib qaraganda nafas olish yo‘llarining o‘tkir infeksiyasi alomatlari bilan bir xil. “Delta” turida o‘pka kasalliklari kuchayishi — o‘tkir pnevmoniya dominantlik qilgan bo‘lsa, hozirda yurak-tomir kasalliklari patologiyasi dominant o‘ringa ega. Umuman, virusli kasalliklar har doim xronik kasalliklar og‘irlashishiga olib kelgan.

Hozir koronavirusdan juda qattiq qo‘rqishga hojat yo‘q. Albatta, har qachon profilaktika qilish va ehtiyot bo‘lish zarur. Ammo biz viruslar asrida yashayapmiz. Bakteriyalar ikkinchi o‘ringa o‘tib qoldi, birinchi o‘rinni esa viruslar egalladi. Ilgari ko‘plab bakteriyalar qo‘zg‘atuvchi kasalliklarni faqat penitsillin davolay olardi. Bugun esa viruslar davrida, insonlarning organizmiga moslashib olgan viruslar davolash uchun alohida yondoshuvni talab qilmoqda.

анvaр ҳuсанов, xilола алимоva, koronavirus, covid-19, эрис, омикрон, gripp

COVID-19 insoniyat uchun yangi virusga aylandi. Albatta, organizm har bir yangi narsaga juda kuchli reaksiya bildiradi. Bizning davrimizda bakteriyalar antibiotiklarning yangi turlariga, viruslar esa — virusga qarshi vositalarning yangi turlariga moslashib bormoqda. Ular mutatsiyaga uchramayapti, ular moslashib boryapti. Shuningdek, bizning tanamiz ham moslashyapti.

Bugungi koronavirus 2020—2021-yillardagidek xavfli emas. Bunga asosiy sabab — virus bilan tanishib olganimiz. Bizning immun tizimimiz endi uni biladi va taniy oladi. Kollektiv immunitet shunday ishlaydi. Vaksina ham yordam berdi.

Vaksiya “Eris”ga qarshi ta’sir qilayaptimi?

Anvar Xusanov: Ha, vaksinalar hanuz COVID-19`ning barcha turlari oqibatida yuzaga keluvchi og‘ir kasalliklardan himoya qilmoqda. Buster dozalar esa aholining zaif toifasi yuqtirib olishi xavfini kamaytirmoqda.

Xilola Alimova: Vaksinalar hali ham COVID-19`ning barcha turlari bilan kasallanishlarning og‘ir shakllaridan mukammal himoya qiladi. Buster dozalar zaif deb tasniflangan odamlarning yuqtirish xavfini kamaytiradi hamda mavjud vaksinalar, ehtimol, yangi variantdan ham himoya qila oladi.

Hozir virusdan qo‘rqish kerak emas. Ko‘p narsa qo‘rquvga bog‘liq. O‘z tajribamga tayanib ayta olamanki, qo‘rquv rostdan ham odamlarni o‘ldirgan. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, inson organizmi immuniteti uning hissiyotlari holatiga bog‘liq. Tana stress va qo‘rquv holatida bo‘lganida immun tizimi kuchsizlanadi va turli kasalliklarni orttirib olish yoki ularning kuchayishiga qo‘yib beradi.

Qayta vaksina olish kerakmi?

Anvar Xusanov: Vaksinaga immunitet reaksiyasi beqaror yekanligini hisobga olsak, vaksinaning buster dozasini olish tavsiya etiladi. Agar oxirgi vaksinani olganingizdan keyin bir yil o‘tgan bo‘lsa, siz yana emlanishingiz mumkin.

Nashr o‘quvchilari ular murojaat qilgan poliklinikalarda vaksinalar qolmaganligini aytishmoqda. Vaksinalar olib kelingani haqida ham xabarlar ko‘pdan beri uchramadi. Sizga hozir qayerda emlanish mumkinligi ma’lummi?

Anvar Xusanov: Koronavirusga qarshi vaksinalar barcha birlamchi tibbiy muassasalarda mavjud. Respublika SES ma’lumotlariga ko‘ra, 81,2 mln doza vaksina ishlatib bo‘lingan. Qayta vaksina olganlar soni esa 93 mingga yetdi.