8 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 122 nafarga oshdi (bir kun avval 135 kishi). Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kasallik yuqtirganlarning 66 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. 21 nafari esa Toshkent viloyatida ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida ham 7 nafar bemor bor.

Mamlakatda shu vaqtgacha rasman 247,5 ming kishi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, hozirgi paytda dunyo bo‘ylab 647 mingdan ziyod kishida kovid aniqlangan.