13 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana ortib, 101 kishi kasallik yuqtirdi (Bir kun avval 58 kishi). Bu haqda Sog‘liqnisaqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Virusga chalinganlarning yarmi — 57 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlandi. Qolaversa, Jizzax va Qashqadaryoda ham 6 nafardan bemor bor.

So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada pandemiya boshlangandan beri rasman koronavirusga chalinganlar soni 248 ming nafardan ortdi.