O‘zbekistonda koronavirusning kunlik ko‘rsatkichlar biroz pasaydi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. 5 dekabr kuni 120 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bir kun oldin 153 kishi kasallik yuqtirgani aytilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida qayd etilgan. Shuningdek, Buxoroda — 7 kishi, Jizzaxda — 5 kishi kovidga chalingan.

2020 yilning mart oyidan buyon respublika bo‘ylab rasman 247,1 ming kishi koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi.