11 dekabr kuni O‘zbekistonda 122 nafar fuqaro koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi (bir kun avval 120 kishi). Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida qayd etildi.

Shuning bilan O‘zbekistonda pandemiya boshlangan 2020 yilning mart oyidan beri 247,9 ming nafar bemorda koronavirus aniqlandi.