14-dekabr kuni O‘zbekistonda 134 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (avvalgi kun — 101 kishida virus aniqlandi), deb ma’lumot berdi SSV matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, so‘nggi sutkada doimgidek eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida (75 nafar) aniqlandi. Toshkent viloyatida 11 nafar, Qashqadaryoda esa 8 nafar fuqaroda kasallanish mavjud. Shuningdek, Surxondaryo, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafardan bemor kovid yuqtirdi.

Hozirda rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri 248,2 ming kishi koronavirusga chalingan.