Koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan shifokorlarga 16-iyundan boshlab ishlagan davri uchun beriladigan maxsus ustama to‘lovi kamaytirildi. Norma`da yozilishicha, 14-iyun kuni prezident ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi [PF-96-sonli] farmonni imzolagan.

Hujjatga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun maxsus ustama to‘lovi 200 dan 50% ga tushirilmoqda.

Shuningdek, “Uzmedimpeks” va IT-Med MCHJlar ommaviy savdolar orqali to‘liq sotilayotgan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilmoqda.