«karantin» tegli maqolalar


Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi
20 aprel 2021, 11:40

Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi

Toshkent viloyatida 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi. Shu sababdan tumanlardagi bir qator maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy shaklga o‘tkazildi.

«Karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan eng qat’iy choralar qo‘llaniladi» — IIV
19 aprel 2021, 12:48

«Karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan eng qat’iy choralar qo‘llaniladi» — IIV

Agar ilgari ichki ishlar organlari xodimlari karantin qoidalarini buzgan fuqarolarni ogohlantirish bilan cheklanib qolishgan bo‘lsa, endi qoidabuzarlarga nisbatan eng qat’iy choralar qo‘llaniladi, deyiladi IIV xabarida. Birgina 18 aprelning o‘zida Toshkentda karantin qoidalariga rioya qilmaganlik to‘g‘risida 773 ta bayonnoma tuzildi.

Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz — bosh vazir karantin cheklovlari haqida
17 aprel 2021, 13:25

Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz — bosh vazir karantin cheklovlari haqida

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi
17 aprel 2021, 11:30

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.

«Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz» — prezident karantin choralari haqida
2 aprel 2021, 12:21

«Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz» — prezident karantin choralari haqida

Koronavirusga chalinish holatlari ko‘payotgan bo‘lsa ham O‘zbekistonda joylar yopilishi rejada yo‘q. Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Biz hech narsani yopmaymiz, lekin tartib va tartibni kuchaytiramiz», dedi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha hududiy shtablar ishini kuchaytirish, call-markaz va ko‘chma brigadalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Fransiyada bir oylik umummilliy karantin e’lon qilinadi
1 aprel 2021, 10:58

Fransiyada bir oylik umummilliy karantin e’lon qilinadi

3 apreldan Fransiyaning barcha hududlarida to‘rt haftalik jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatiladi. Cheklovlarga ko‘ra, barcha ishchilar masofaviy tizimga o‘tkaziladi, barcha bog‘chalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi.

1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi
23 mart 2021, 22:05

1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi 1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlarni o‘rnatmoqda. To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilanmoqda. Bundan tashqari, teatr, kino, va konsert dasturlarini tashkil etishda bir qancha cheklovlar ham qo‘yilmoqda.

Germaniyada karantin muddati uzaytirildi
23 mart 2021, 10:42

Germaniyada karantin muddati uzaytirildi

Germaniyada umummilliy karantin rejimi 18 aprelga qadar uzaytirildi. Pasxa bayramlarida ham cheklovlar kuchaytiriladi — barcha do‘konlar yopilib, jamoat yig‘ilishlari taqiqlanadi.

Karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilayotganlar soni keskin oshdi
17 mart 2021, 16:47

Karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilayotganlar soni keskin oshdi

Koronavirusga chalinish holatlari soni oshgani munosabati bilan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgani uchun jarimaga tortilayotganlar soni oshdi. Shu vaqtgacha kunlik 200−300 kishiga chora ko‘rilgan bo‘lsa, 16 mart kuni ular soni 400 nafarga yetdi. Karantin choralari joriy etilgan vaqtdan buyon esa qariyb 900 ming kishiga chora ko‘rildi.

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi
17 mart 2021, 10:40

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi

Qozog‘istonning Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirilmoqda. Viloyat dam olish kunlari to‘liq karantinga olinadi. Hududda koronavirus holatlari darajasi 0,6 foizga o‘sgan, kuniga 99 holat qayd etilgan.

Toshkent viloyatida ham karantin choralari kuchaytiriladi
16 mart 2021, 23:29

Toshkent viloyatida ham karantin choralari kuchaytiriladi

Toshkent viloyatida aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo majmualari, jamoat joylari va jamoat transportlarida karantin qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

«Karantin qaytar ekan degan vahima tarqatilayapti. Vaksinani sotishga tayyorgarlik shekilli» — Twitter foydalanuvchilari
16 mart 2021, 18:24

«Karantin qaytar ekan degan vahima tarqatilayapti. Vaksinani sotishga tayyorgarlik shekilli» — Twitter foydalanuvchilari

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari so‘nggi kunlarda sezilarda ravishda oshdi. Jumladan, 14 mart kuni jami 111 ta, 15 mart kuni 65 ta yangi holat qayd etilgan. Shu sabab cheklovlar qisman qayta tiklana boshladi. Twitter tarmog‘i foydalanuvchilari esa bunga o‘z munosabatini bildirdi. Xushnudbek Xudoyberdiyev «erta-indin 650 mingta vaksina kelishini» aytgan bo‘lsa, boshqa bir foydalanuvchi buni «vaksinani sotishga tayyorgarlik shekilli», deya hazilga yo‘ygan.

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi
16 mart 2021, 12:37

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi

18 martdan boshlab Qozog‘iston poytaxtida karantin e’lon qilindi. Karantin qoidalariga ko‘ra, shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi.

Umumiy ovqatlanish ob’ektlariga 23:00dan keyin ishlashga ruxsat berildi
26 yanvar 2021, 16:04

Umumiy ovqatlanish ob’ektlariga 23:00dan keyin ishlashga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar ob’ektlarning 8:00 dan 23:00 gacha faoliyat yuritishi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi.

Konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi
26 yanvar 2021, 15:59

Konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 28 yanvardan boshlab konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda konsert saroylari faqat 50 foizgacha to‘ldirilishi, o‘rindiqlarda oraliq masofa saqlanishi va barcha himoya niqobda bo‘lishi kerak.

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi
12 yanvar 2021, 11:05

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi

Armaniston hukumati koronavirusning tarqalishi tufayli karantin choralarini yarim yilga uzaytirishni qaror qildi. Ushbu qaror bilan birga ommaviy tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgani bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

Angliya uchinchi umummilliy karantin e’lon qildi
5 yanvar 2021, 11:01

Angliya uchinchi umummilliy karantin e’lon qildi

Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi oqibatida Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi. Maktab va universitetlar masofaviy ta’limga o‘tmoqda. Aholiga ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.

Turkiyaga kirishda yangi qoidalar o‘rnatildi
26 dekabr 2020, 13:03

Turkiyaga kirishda yangi qoidalar o‘rnatildi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi kelgusi yilning 1 martiga qadar mamlakatga kirishda yangi qoidalar joriy etdi. Xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar uch kun ichida olingan salbiy PZR-test ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumotnomasi bo‘lmaganlar bir haftalik karantinga olinadi.

Qozog‘iston koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlarni kuchaytirmoqda
21 dekabr 2020, 14:44

Qozog‘iston koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlarni kuchaytirmoqda

Qozog‘istonda 25 dekabrdan 5 yanvargacha koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlar kuchaytirilmoqda. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanib, ulgurji bozorda COVID-19'ga qarshi dori vositalarini o‘rtacha 24% ga arzonlashtirish buyurildi

Daniya karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda
16 dekabr 2020, 15:32

Daniya karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda

Daniya koronavirus infeksiyasining tarqalayotgani sababli karantin choralarini kuchaytirmoqda. Katta sinf o‘quvchilari va talabalar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Ovqatlanish markazlari va madaniyat muassalari yopiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting