So‘nggi hafta davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payib borayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, 14 mart kuni jami 111 ta, 15 mart kuni 65 ta yangi holat kuzatilgan. 24 dekabrdan beri kasallanishlar statistikasi birinchi bor 100 tadan oshdi.

14 martdan boshlab bir qancha cheklovlar yana qayta tiklana boshladi. Xususan, 16 martdan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablar onlayn o‘qish rejimiga o‘tkaziladi. Bunga ushbu tumanlarda kasallanishlar keskin oshgani sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkin.

Koronavirus atrofidagi gap-so‘zlar jonlana boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Twitter`da turli sarkazmli fikr-mulohazalar urchib ketdi. Eng sara tvitlarni yig‘ib chiqqan holda, uni sizga taqdim etishga qaror qildik.

Bloger Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, shu kunlarda mamlakatga 650 mingta vaksina keladi:

Boshqa bir foydalanuvchining aytishicha, bu katta partiyada xarid qilingan vaksinani sotish usuli:

Yana bir tarmoq foydalanuvchisi yuqoridagi fikrga qo‘shilgan:

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, odamlardagi antitanachalar o‘z kuchini yo‘qotmoqda:

Bu bo‘yicha videoselektor bo‘ladi degan fikrlar ham yo‘q emas:

Xushnudbekning tvitiga yozilgan izohlardan birida unga savol berilyapti:

Twitter foydalanuvchilaridan biri mart oyi nomini o‘zgartirishni taklif qildi: