«karantin» tegli maqolalar


1 avgustdan to‘y va marosimlarda faqat 50 kishi qatnashishi mumkin
5 iyul 2021, 23:40

1 avgustdan to‘y va marosimlarda faqat 50 kishi qatnashishi mumkin

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda tashkil etishga ruxsat berildi.

O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi
5 iyul 2021, 23:34

O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatildi. Sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.

Karantin cheklovlari bormi yoki yo‘qmi?
30 iyun 2021, 01:15

Karantin cheklovlari bormi yoki yo‘qmi?

Koronavirus tarqalishi sababli 28 iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Lekin ommaviy tadbirlarni ushbu cheklovlarga amal qilmagan holda tashkillashtirish davom etmoqda, jamoat transportida ularga rioya qilishning esa iloji yo‘q.

Qashqadaryoda kafe, oshxona, choyxonalarning soat 22:00gacha ishlashiga ruxsat berildi
29 iyun 2021, 23:16

Qashqadaryoda kafe, oshxona, choyxonalarning soat 22:00gacha ishlashiga ruxsat berildi

Qashqadaryo viloyatida 28 iyundan restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 22:00 gacha ruxsat beriladi. Shuningdek, karantin bo‘yicha boshqa bir qator tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi
28 iyun 2021, 10:47

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi

“Toshshartransxizmat” Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.

Toshkentga kirish bo‘yicha cheklovlar kimga tatbiq qilinmaydi?
25 iyun 2021, 16:16

Toshkentga kirish bo‘yicha cheklovlar kimga tatbiq qilinmaydi?

28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkentga qo‘shni viloyatlardan avtotrnasportda kirish bo‘ychia cheklovlar o‘rnatildi. Sog‘linq saqlash vazirligi ushbu cheklovlar qaysi holatda tatbiq etilmasligi haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda 28 iyundan karantin choralari kuchaytirilmoqda
25 iyun 2021, 15:58 1

O‘zbekistonda 28 iyundan karantin choralari kuchaytirilmoqda

28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.

Niqobsiz shaxslar jamoat transportlari saloniga chiqarilmaydi
22 iyun 2021, 18:20

Niqobsiz shaxslar jamoat transportlari saloniga chiqarilmaydi

Respublika maxsus komissiyasi yo‘nalishli avtobus va metroga niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik bo‘yicha qarorni qabul qildi. Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa karantin choralariga rioya qilinishi qat’iy nazoratga olinadi.

TATU talabalari o‘quv yilini onlayn tarzda tugatadi
17 may 2021, 15:07

TATU talabalari o‘quv yilini onlayn tarzda tugatadi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil o‘quv yili so‘nggiga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi. Avvalroq, universitet 27 apreldan 10 mayga qadar 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tgan edi.

Bolalar ustidan pul sochgan urgutlikka ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
14 may 2021, 16:34 1

Bolalar ustidan pul sochgan urgutlikka ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Urgut tumanida bolalar ustiga pul sochgan fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unga nisbatan karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda
8 may 2021, 15:36

Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

10 maydan boshlab O‘zbekistondan Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun cheklovlar joriy etildi. Ushbu mamlakatlarga faqat ish, o‘qish yoki davolanish yuzasidan ketayotganlar, shuningdek diplomatlar va chet ellik mutaxassislar uchishlari mumkin. Aviachiptalar faqat maxsus komissiyaning ruxsati bilan yoki ketish uchun tasdiqlangan sabab bo‘lsa sotiladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
7 may 2021, 15:18

Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.

Moliya instituti 14 kunga, SamDCHTI o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi
5 may 2021, 14:03

Moliya instituti 14 kunga, SamDCHTI o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Moliya instituti 14 kunga, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi
4 may 2021, 09:03

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi

2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.

Yana 3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
30 aprel 2021, 13:37

Yana 3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Yana 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
29 aprel 2021, 14:52

Yana 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

4 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
28 aprel 2021, 10:30

4 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Samarqanda bitta va Toshkentda uchta oliygohlar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Samarqand shahridagi barcha maktablar va bog‘chalar karantinga olinadi
26 aprel 2021, 11:16

Samarqand shahridagi barcha maktablar va bog‘chalar karantinga olinadi

27 apreldan Samarqand shahridagi barcha bog‘chalar va maktablar 14 kunlik karantinga yopiladi, o‘quvchilarga ta’lim berish tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi.

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?
23 aprel 2021, 18:02

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?

Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?

Buxorodagi 11 ta umumta’lim maktabi 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
22 aprel 2021, 13:25

Buxorodagi 11 ta umumta’lim maktabi 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting