Toshkent viloyatidagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy shaklga o‘tkazildi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Bular:

  • O‘rta Chirchiq tumanidagi 3 va 54-sonli maktablar,
  • Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi,
  • Chirchiq shahridagi 8 va 9-sonli,
  • Piskent tumanidagi 36-sonli,
  • Parkent tumanidagi 22 va 51-sonli,
  • Toshkent tumanidagi 9,12,17 va 18-sonli,
  • Olmaliq shahridagi 17-maktab,
  • Nurafshon shahridagi 1-sonli maktab.

Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinfi, Bo‘ka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga o‘tkazilgan.

Ushbu maktablarning 30 nafar o‘quvchilari hamda 25 nafar o‘qituvchilarda koronavirus kasalligi borligi aniqlangan.