«janjal» tegli maqolalar


Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi
28 mart 2024, 09:52

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Angren shahrida 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da navbat talashish oqibatida janjal yuzaga keldi (+video)
27 fevral 2024, 23:33

Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da navbat talashish oqibatida janjal yuzaga keldi (+video)

Yuqori Chirchiq tumanidagi AGTKSHda navbat talashish ortidan janjal kelib chiqdi. IIBB hodisa oqibatida o‘lim ro‘y berganini rad etib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Surxondaryoda maktab direktori viloyat hokimi bilan tortishdi
4 avgust 2023, 00:57

Surxondaryoda maktab direktori viloyat hokimi bilan tortishdi

Sariosiyo tumanidagi maktab direktori ishdan bo‘shatilganini e’lon qilgan Surxondaryo hokimi bilan tortishdi. OAV uning 10 kunga qamoqqa olingani, chiqqanidan keyin yana ushlangani haqida xabar berdi. Maktab ta’limi vaziri direktor hibsdan ozod etilgani va o‘z lavozimida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Toshkentda avtobus haydovchisi va uning akasi avtopark xodimi bilan mushtlashdi
19 iyul 2023, 22:43

Toshkentda avtobus haydovchisi va uning akasi avtopark xodimi bilan mushtlashdi

Dam olish kuni Toshkentdagi 4-sonli avtoparkka shortik va shippakda kelgan avtobus haydovchisi va korxona muhandisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Mojaroga keyinroq haydovchining yaqinlari va boshqalar ham qo‘shilgan. Haydovchi, uning fkasi va korxona muhandisi jarohatlangan.

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi
28 aprel 2023, 23:46

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi

Bulung‘ur tumanida ikkita maktabning 8-sinf o‘quvchi qizlari stadionda mushtlashdi. Videoda ikki guruh qizlarning mushtlashuvi aks etgan, shuningdek yigitlarning kulgani va luqma tashlaganlari eshitilgan. Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda
18 aprel 2023, 16:43

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi
3 mart 2023, 10:59

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Mirobod tumanida 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovchilari ham yo‘lovchi talashib janjallashdi. Avvalroq mushtlashgan ikki haydovchi 7 sutkaga qamalgandi.

Toshkentda yo‘lovchi talashib mushtlashgan avtobus haydovchilari 7 sutkaga qamaldi
2 mart 2023, 14:53

Toshkentda yo‘lovchi talashib mushtlashgan avtobus haydovchilari 7 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgani uchun ularning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi
1 mart 2023, 11:29

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Toshkent shahrida 28- va 155-sonli avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Ularga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bloger Shahnoza Soatova holat bo‘yicha fikr bildirar ekan, haydovchilarni «potensial zo‘ravon va qotil» deya atadi.

Eski-Juva bozorida sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi
18 fevral 2023, 16:35

Eski-Juva bozorida sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi

Toshkentdagi Eski-Juva bozorida sotuvchi ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal vaqtida 29 yoshli ayol hamkasbini do‘pposlab, qulog‘ining bir qismini tishlab, uzib oldi. JIB Shayxontohur tumani sudi tomonidan hamkasbining qulog‘ini tishlagan ayolga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Samarqandda mast holatda janjallashgan fuqarolardan biri vafot etdi
5 dekabr 2022, 17:35

Samarqandda mast holatda janjallashgan fuqarolardan biri vafot etdi

29-noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi kafelarning birida mast holatda bo‘lgan ikki kishi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Oqibatda ulardan biri oradan bir kun o‘tib olgan tan jarohati sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kompyuter klubidagi janjal oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi
18 aprel 2022, 17:48

Kompyuter klubidagi janjal oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi

Toshkentda kompyuter klubidagi janjal oqibatida 16 yoshli o‘quvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Olmaliqda shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ayol kishini urgani aytilmoqda
9 noyabr 2021, 14:42

Olmaliqda shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ayol kishini urgani aytilmoqda

Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i deyilayotgan shaxs ayol kishiga qo‘l ko‘targani aytilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Magic City qo‘riqchilari va shar sotuvchi shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
8 noyabr 2021, 19:34

Magic City qo‘riqchilari va shar sotuvchi shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Magic City majmuasi qo‘riqchilari hamda gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi shaxslar o‘rtasida mojaro sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida 4 nafar gumonlanuvchi ushlangan, qolganlarini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda 7 kishi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
8 noyabr 2021, 10:51

Toshkentda 7 kishi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

31 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida 7 kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqdi. Videolarda birinchi tomon avtomobilda qochmoqchi bo‘lganida ikkinchi tomon uning baloniga pichoq tiqqanini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda IIB xodimi va aholi o‘rtasida janjal chiqdi — video
8 iyul 2021, 17:43

Toshkentda IIB xodimi va aholi o‘rtasida janjal chiqdi — video

Toshkent shahrida uyida mast holatda janjal qilayotgan fuqaroni IIBga olib bormoqchi bo‘lgan inspektor va aholi o‘rtasida janjal chiqdi. Poytaxt IIBBning ta’kidlashicha, «vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lmagan qo‘shnilar noto‘g‘ri xulosa chiqarib, inpsektorning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan».

Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlandi
21 iyun 2021, 07:40

Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlandi

Toshkentda ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi. Koreya matbuotida marhumning taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi ekani xabar qilindi.

Toshkentda 87 yoshli onaxon qizi va nevarasi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
5 may 2021, 15:14

Toshkentda 87 yoshli onaxon qizi va nevarasi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Toshkent shahrida 87 yoshli onaxon qizi va nevarasi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bunga uy-joy masalasi bo‘yicha ona va qiz o‘rtasida janjal sabab bo‘lgan. Onaxonning nevarasi Davron Tillayevning aytishicha, ayolning qizi uning qo‘l va oyog‘iga pichoq bilan urgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting