Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar o‘rtasida yuz bergan janjal videosi tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Unga ko‘ra, ushbu holat 31 oktabr kuni taxminan soat 22.00 larda Bog‘ishamol ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal yuz bergan. 30 yoshli J. I. va uning tanishlari 30 yoshli M. X., 39 yoshli J. A., 24 yoshli U. R., 37 yoshli X. A., 27 yoshli X. S., 30 yoshli U. D. o‘zaro janjallashgan.

Natijada gumonlanuvchilardan biri 30 yoshli J. I. qochmoqchi bo‘lgan Chevrolet Equinox rusumli avtomobilga zarar yetkazgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtomashina yurmoqchi bo‘lganida uning baloniga pichoq tiqilganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari (Bezorilik bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.