Ijtimoiy tarmoqlarda Magic City`da ommaviy tartibsizlik yuz bergani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

6 noyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Chilonzor tumanida joylashgan Magic City ko‘ngilochar dam olish maskanida gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar 2000 y.t. U. D., 2002 y.t. A. X., 2003 y.t. I. U., 2004 y.t. M. T. lar noqonuniy savdo qilayotgani uchun majmuaning qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan chiqartirib yuborilayotganda ular o‘rtasida o‘zaro janjal yuz bergan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik bir guruh shaxslar tomonidan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi doirasida 4 nafar gumonlanuvchi ushlangan, qolganlarini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Janjalda o‘q otar qurol ishlatilmaganligini ma’lum qilindi.