2021 yil boshidan buyon IIVning moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari doirasida 48,5 mlrd so‘mga avtomobillar va texnika sotib olish bo‘yicha bir qator shartnomalar tuzildi. Bunga «Gazeta.uz» e’tibor qaratdi.

«Ruskomtrans» ning GAZon NEXT shassisiga ega bo‘lgan avtozak. Illyustratsiya.

5 mart kuni IIV Kran va Maxsus Texnikalari MCHJ bilan GAZon NEXT shassisiga ega maxsus 50 ta maxsus kontingentlarni tashuvchi (avtozak) transport vositasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Shartnoma summasi 23,96 mlrd so‘mni tashkil etdi (bitta avtozak 479,2 mln so‘m turadi).

Foto: uzkamaz.uz.

Bundan tashqari, 15 fevraldagi shartnomaga muvofiq, IIV UzAuto Trailer’dan 4×4 g‘ildirakli formulaga ega 16 ta KAMAZ (4326−1053−15) avtofurgonlarini sotib oldi. Shartnoma 9,77 mlrd so‘mni tashkil etdi (bitta furgon narxi 610,6 mln so‘m).

25 fevral kuni IIV 11 mlrd so‘m evaziga qo‘shimcha 30 ta SAZ NP 26 avtobusini sotib oldi.

26 fevraldagi shartnomaga ko‘ra, IIV 3,74 mlrd so‘mga kinologlar uchun 51 ta Damas-2 D84 avtomobilini (bittasi uchun 73,5 mln so‘m) sotib oldi.