Firibgarlikda gumon qilinayotgan mazkur shaxs Bosh prokuratura, DXX va IIV xodimlari hamkorligida Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan. Bu haqda “Gazeta.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro A.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali ichki ishlar organlari tizimiga ishga joylashtirishini aytadi. Buning evaziga esa 4500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.