O‘zbekiston bo‘ylab 25 iyul holatiga ko‘ra, karantin qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha 1 mln 184 ming 377 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shoxrux Giyasov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Eng ko‘p qoidabuzarliklar Toshkent viloyati (219 095), Toshkent shahri (176 354), Farg‘ona (167 016) va Samarqand viloyatlarida (113 866) qayd etilgan. Sirdaryo viloyatida — 53 654 ta, Jizzaxda — 39 886, Navoiyda — 23 479 ta, Buxoroda — 44 031 ta, Andijonda — 57 628 ta, Namanganda — 83 710 ta, Qashqadaryoda — 86 213 ta, Surxondaryoda — 60 208, Xorazmda — 31 178 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 31 846 ta holat aniqlangan.

Qoidabuzarliklar bo‘yicha 1 mln 8 ming 229 kishi jarimaga tortilgan. Eng ko‘p ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati (218 216), Toshkent shahri (171 978), Samarqand viloyati (96 233) va Farg‘ona viloyatlarida (83 219) qayd etilgan.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun 2791 ta holatda ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan, 188 064 ta holatda ogohlantirish berilgan.

Respublika bo‘ylab karantin qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha huquqbuzarliklarda 1 mln 74 ming 995 nafar erkaklar, 113 ming 169 nafar ayollar aniqlangani ko‘rsatilgan.

Huquqbuzarliklarni sodir etish usuli bo‘yicha ko‘rsatkichlarda O‘zbekiston bo‘ylab:

  • karantin qoidalarini tashlab ketish: 498 ta holat;
  • uy karantini talablarini buzish: 160 ta holat;
  • vaqtinchalik to‘xtatilgan savdo faoliyatini davom ettirish: 524 ta holat;
  • to‘y, marosim yoki yig‘in o‘tkazish: 830 ta holat;
  • umum ovqatlanish obyektlarida va bozorlarda karantin qoidalarini buzish: 2271 ta holat;
  • konsert -tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroyalarida o‘tkazish: 1 ta holat;
  • maktab va maktabgacha ta’lim muassalarida karantin qoidalarini buzish: 4 ta holat;
  • tungi klublar, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida: 306 ta holat aniqlangan.

Respublika bo‘ylab тиббий niqob taqmaslik бўйича 1 mln 164 ming 826 ta qoidabuzarliklar aniqlangan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati (217 495), Toshkent shahri (168 935),Farg‘ona (166 570) va Samarqand viloyatida (109 793) ekanligi qayd etilgan. Shundan sotuvchilarga nisbatan 2428 ta holat aniqlangan, shundan 2068 holati Toshkent shahrida qayd etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda vahima chiqaruvchi yoki asossiz ma’lumotlar tarqatish bo‘yicha esa 14 ta holat aniqlangan. Boshqa sabablar bilan qayd etilgan qoidabuzarliklar 18 730 ta holatni tashkil etmoqda.