Prezidentning tegishli qaroriga asosan, Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV Kadrlar bosh boshqarmasi

General-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Ikramov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Foto: IIV Kadrlar bosh boshqarmasi

General-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Foto: IIV Kadrlar bosh boshqarmasi

Polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.