Angren shahrida 157 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi 3,4 mln so‘m jarimaga tortildi. U “bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini” aytdi. U Instagram`da bolalar yo‘lda nobud bo‘layotgani haqidagi izohlarga javoban ularning taqdiri tug‘ilgunga qadar belgilab bo‘linganini ta’kidlagandi.
Toshkent shahri sudi liftda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkakni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Qo‘qonda qandolatchilik korxonasida elektrga mayning qurilmalari ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Tadbirkorga jami 4 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida uch yigit avval janjallashib qolgan tanishining uyiga kelgan. Ularning ikki nafari tanish yigitni do‘pposlagan, uchinchisi esa hodisani videoga tushirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bekoboddagi Tojikiston fuqarosi vaqtincha yashab kelayotgan xonadondan sotish uchun mo‘ljallangan salkam 15 kg gashish topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyatida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi va 29 yoshli erkak halok bo‘ldi. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tirik qolgan, haydovchi voqea joyidan yashiringan.
21 aprel kuni Xalqaro biznes markazining 9-qavatidan tushib ketgan 42 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Voqea joyi o‘rab olingan. Yunusobod tuman prokuraturasi holatni o‘rganmoqda.
Minskdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘ndi. Havo kemasiga bomba qo‘yilganligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, deyiladi aviakompaniya xabarida.
Bortida 132 kishi bo‘lgan Boeing-737−800 Xitoy janubida qulab tushdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyatining Kogon shahridagi suv quvuri yotqizilish vaqtida tuproq o‘pirilishidan 2 kishi halok bo‘lgan edi. Holat yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrining Labzak mavzesida daraxt yo‘l qismiga qulab, Matiz avtomashinasining old qismiga shikast yetkazdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Chiroqchida Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon portlashi natijasida 2 kishi og‘ir tan jarohati oldi.
Chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSh dollari evaziga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Juda ko‘p miqdorda firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Toshkent shahrida metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlari uchun qidiruvda bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Fuqaro ilgari bir necha jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «ketma-ket qiz farzandlar ko‘rgani» uchun eri va qaynonasining tazyig‘iga uchrab kelgan ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi. Ular o‘limida aybli deb topilgan er 7 yilga qamaldi, qaynonaga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ayolga himoya orderi berilgan bo‘lgan.
Poytaxtda videokameralar yordamida metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkak qidirilmoqda. Suratdagi shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari so‘raldi.
Iyun oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi va 2 nafar shaxsga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.
Qarshi shahrida Nexia piyodalar o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan, bolalar aravachasida bo‘lgan 9 oylik chaqaloqni urib yubordi. Voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida ZF-UZ VAC2001 vaksinasining 186 dozasini 27 mln 750 ming so‘mga sotishga uringan ayol kishi qo‘lga olindi. U preparatlarni Yakkasaroy tumanidagi oilaviy poliklinikalardan birining katta hamshirasidan olgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting