Qashqadaryoda Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon portlashi natijasida ikki kishi jarohatlandi.

Hodisa 27 oktabr kuni soat 13:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan «Fayz» nomli choyxona binosining ro‘parasida sodir bo‘lgan, deb xabar berdi YHXBB matbuot xizmati.

Natijada haydovchi I.N. (2002 y.t) va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, Sh. S. (2003 y.t) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YHXBB barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi va unga o‘rnatilgan gaz ballonlarning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.