Samarqand viloyatida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi oqibatida 15 va 16 yoshli o‘smirlar (7 va 8 sinf o‘quvchilari) va 29 yoshli erkak halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

YTH 8 may kuni kechasi Samarqand tumanidagi Badal qishlog‘ida ro‘y bergan. Avariya vaqtida mashinada 5 kishi bo‘lgan.

Uch kishi mashinadan chiqishga ulgurmagan va voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinaning old o‘rindiqlarida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi suvdan chiqishga ulgurgan. Haydovchi voqea joyidan yashiringanligi aytildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3 qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlarga o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.