Bugun, 29 sentabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Mustaqilik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomobilning gaz balonida yorilishi yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Ma’lumot uchun avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Hodisa sababi aniqlanmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.

FVV haydovchilardan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa’tiy rioya etishlarini so‘radi.