16 noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahrida suv quvurini yotqizish ishlari vaqtida tuproq o‘pirilishi sodir bo‘lib, ikki ishchi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergan edik.

Soat 14:50da «Do‘stlik» MFY Do‘stlik ko‘chasida «61-Avtokorxona» MCHJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish ishlari olib borayotganda sodir bo‘ldi. 5−6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘da kavlangan chuqurlikda 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib tushgan.

Jabrlanuvchilarning jasadlari viloyat FVB xodimlari tomonidan qum uyumi ostidan olib chiqilib, sud-tibbiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JK ning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.