«futbol» tegli maqolalar


Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
12 avgust 2021, 22:51

Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets tayinlanishi mumkin. U bilan og‘zaki kelishuvga erishildi.

Qoraqalpog‘istonda futbol uchrashuvi vaqtida janjal sodir bo‘ldi
11 avgust 2021, 12:42

Qoraqalpog‘istonda futbol uchrashuvi vaqtida janjal sodir bo‘ldi

Mo‘ynoq tumanidagi “Orol” stadionida tumanning “Mo‘ynoq siti” va “Jayxun” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kelishmovchilik kelib chiqqan va bosh hakam qaroridan norozi bo‘lgan ayrim tomoshabinlar maydonga chiqib ketgan. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Lionel Messi «PSJ» jamoasiga o‘tdi
11 avgust 2021, 01:43

Lionel Messi «PSJ» jamoasiga o‘tdi

«Barselona»ning sobiq o‘yinisi Lionel Messi 2+1 sxemasi bo‘yicha «Pari Sen-Jermen» bilan shartnoma imzoladi.

Rasman: Eldor Shomurodov Roma klubiga o‘tdi
3 avgust 2021, 09:53

Rasman: Eldor Shomurodov Roma klubiga o‘tdi

Italiyaning «Roma» klubi «Jenoa» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi uchun 17,5 mln yevro to‘ladi. Futbolchi rimliklar bilan 2026 iyunining oxirigacha shartnoma imzoladi. Shomurodov «bo‘rilar» safida 14 raqam ostida harakat qiladi.

Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadan ketdi
19 iyun 2021, 16:38

Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadan ketdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarildi. Jamoa sardori Odil Ahmedov esa terma jamoadagi faoliyatini yakunalaganini e’lon qildi. «Asosiy muammolarimizdan biri bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganmiz. Fundament bo‘lmaganidan keyin natija ham bo‘lmaydi», — dedi u.

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida
22 aprel 2021, 18:20

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida

O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.

20 mlrdni klubga bermasdan, maktab qurgan ancha yaxshi — Muhrim A’zamxo‘jayev
14 aprel 2021, 10:21

20 mlrdni klubga bermasdan, maktab qurgan ancha yaxshi — Muhrim A’zamxo‘jayev

Jurnalist va bloger Muhrim A’zamxo‘jayev “Championat.asia” nashriga bergan intervyusida futbolga berilayotgan mablag‘lar, ularning sarflanishi haqida so‘z yuritdi. Uning aytishicha, bir futbol jamoasiga 20 mlrd so‘m sarflagandan ko‘ra, 4 ta maktab qurish yoki o‘qituvchilarning maoshiga ustama pul qo‘shib berish mumkin.

O‘zbekiston kubogi-2021 saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi
19 mart 2021, 13:23

O‘zbekiston kubogi-2021 saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi

18 mart kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston kubogi-2021 final uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
18 mart 2021, 14:12

O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

OFK 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi. Osiyo chempionati 2022 yilning 6−25 sentyabr kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.

Vadim Abramov 20 maydan milliy terma jamoa yig‘inni boshlashini aytdi, O‘zPFL esa bundan bexabar
17 mart 2021, 17:38

Vadim Abramov 20 maydan milliy terma jamoa yig‘inni boshlashini aytdi, O‘zPFL esa bundan bexabar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 20 maydan boshlab yig‘in o‘tkazilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Professional ligasi rahbari chempionatning 10 va 11 turlari 20−31 may oralig‘iga belgilangani, lekin taqvim o‘zgarishi haqida O‘zPFL rasmiy ma’lumot olmaganini qayd etdi.

«So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami futbol uchrashuvlarni boshqarishdan vaqtincha chetlatildi
15 mart 2021, 16:16

«So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami futbol uchrashuvlarni boshqarishdan vaqtincha chetlatildi

14 mart kuni bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi. Shuningdek, maxsus inspeksiya tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganib chiqish ishlari boshlandi.

«Bularga kim chora ko‘radi? Qachongacha chidash mumkin?» — «Turon» jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov
15 mart 2021, 14:32

«Bularga kim chora ko‘radi? Qachongacha chidash mumkin?» — «Turon» jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov

O‘zbekiston Superligasida «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 52-daqiqasida bahsli holat yuzaga keldi va ushbu holat xaqida o‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Turon» bosh murabbiyi futboldagi korrupsiya haqida va adolatsizlik haqida gapirdi.

UEFA Chempionlar ligasi nimchorak final o‘yinlariga prevyu
23 fevral 2021, 18:42

UEFA Chempionlar ligasi nimchorak final o‘yinlariga prevyu

23−24 fevral kunlari Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak final uchrashuvlari davom ettiriladi. Bugun «Latsio» — «Bavariya», «Atletiko Madrid» — «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahslari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi
22 fevral 2021, 21:40

O‘zbekiston 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi

2022 yilda O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Avval bu musobaqani Xitoy o‘tkazishi kerak edi, ammo turli muammolarga ko‘ra bundan voz kechdi.

The Guardian: 7 nigeriyalik O‘zbekistonga futbol o‘ynash uchun aldov yo‘li bilan olib kelingan
29 yanvar 2021, 16:06

The Guardian: 7 nigeriyalik O‘zbekistonga futbol o‘ynash uchun aldov yo‘li bilan olib kelingan

The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, nigeriyalik 7 nafar yosh yigit o‘zini futbol agenti deb tanishtirgan shaxs tomonidan O‘zbekistonga aldov yo‘li bilan olib kelingan. Ularga professional futbolda faoliyat boshlashlari uchun yordam berish va’da qilingan.

O‘zbekistonda «Atletiko Madrid» futbol klubining akademiyasi tashkil qilinishi mumkin
25 yanvar 2021, 19:36

O‘zbekistonda «Atletiko Madrid» futbol klubining akademiyasi tashkil qilinishi mumkin

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya va «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda klub vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil qilishni taklif qildi.

Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi
21 yanvar 2021, 11:04

Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi

Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollari sonini 760 taga yetkazdi va bu borada rekord o‘rnatdi.

Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi gollar soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi
4 yanvar 2021, 17:26

Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi gollar soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi

Krishtianu Ronaldu «Udineze» jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zining 757 va 758-gollarini kiritdi va rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan gollar soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi.

Lionel Messi Pelening rekordini yangiladi
23 dekabr 2020, 19:02

Lionel Messi Pelening rekordini yangiladi

Lionel Messi «Barselona» klubi safida 644-golini urdi va bir klub safida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordni yangiladi. U «Santos» klubi safida 643 gol urgan braziliyalik afsona Peleni ortda qoldirdi.

Farg‘onada futbol o‘yinidan keyingi tartibsizliklarda qatnashgan 11 nafar shaxs ushlandi
2 dekabr 2020, 12:46

Farg‘onada futbol o‘yinidan keyingi tartibsizliklarda qatnashgan 11 nafar shaxs ushlandi

1 dekabr kuni «Neftchi» — «Turon» o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizlikda qatnashgan 11 nafar shaxs ushlandi. Ulardan 6 nafariga nisbatan jinoiy ish ochilib, 5 nafar shaxs mayda bezorilikda ayblanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting