«Yuventus» futbol klubi xujumchisi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

«Napoli» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u o‘z faoliyatidagi 760-golini kiritdi va 1950-yillarda to‘p surgan futbolchi Yozef Bitsanning rekordini yangiladi.

Ronaldu faoliyati davomida «Sporting» klubida 5 gol, «Manchester Yunayted»da 118 gol, «Real» safida 450 gol va «Yuventus» safida 85 gol urgan. Shuningdek Portugaliya terma jamoasi safida uning hisobida 102 ta gol bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Pelening rekordini yangilagani haqida xabar bergan edik.