«Barselona» futbol klubining sardori Lionel Messi kataloniyaliklar safida 644-golini urdi va bir klub safida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordni yangiladi.

«Valyadolid» klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gol kiritgan Messi «Santos» klubidagi faoliyati davomida 643 gol urgan braziliyalik afsona Peleni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi «Barselona» klubida 2003 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Pele esa «Santos» jamoasida 1956 yildan 1974 yilgacha faoliyat yuritgan.