Argentina terma jamoasi hujumchisi, «Barselona»ning sobiq o‘yinchisi Lionel Messi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar qildi klub rasmiy sayti.

Seshanba, 10 avgust kuni 34 yoshli futbolchi Fransiya poytaxtiga uchib bordi va tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng Parij klubining rasmiy o‘yinchisiga aylandi. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yilga imzolandi.

O‘tgan haftada «Barselona» «moliyaviy va tuzilmaviy» to‘siqlar sababli Messi bilan shartnoma muddatini uzaytira olmagan edi. Olti karra «Oltin to‘p» sohibi 21 yillik faoliyatdan so‘ng jamoani tark etdi.