Krishtianu Ronaldu «Udineze» jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zining 757 va 758-gollarini kiritdi. U bu bilan rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan gollar soni bo‘yicha Peleni (812 ta rasmiy uchrashuvda 757 ta gol) ortda qoldirdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha asosiy rekordchi chexiyalik futbolchi Yozef Bitsan hisoblanadi, uning hisobida 759 ta gol mavjud. 35 yoshli Ronaldu mutlaq rekordchi bo‘lishga yaqin turibdi. Hozirgacha u «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus» klublari safida jami 1032 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar safida 644-golini urdi va bir klub safida urilgan gollar soni bo‘yicha Pelening rekordni yangilagan edi.