Osiyo futbol konfederatsiyasi 2022 yil bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasini O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu musobaqa ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida o‘tkaziladi. Osiyo chempionati 2022 yilning 6 sentyabr kuni start oladi va 25 sentyabr kuni final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari 2021 yilning 23−31 oktyabr kunlari oralig‘ida markazlashgan holda o‘tkaziladi. Qaysi guruh o‘yinlari qaysi davlatda o‘tishi keyinroq ma’lum qilinadi.