18 mart kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlandi.

Musobaqaning guruh bosqichida 24 ta klub ishtirok etadi. O‘zbekiston Superligasi hamda Pro liga klublari guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadi. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etuvchi klub (lar) esa kubok bellashuvlariga 1/8 finaldan boshlab qo‘shiladi. Mana shu klub (lar) bo‘sh qoldirgan guruhdagi o‘rin (lar) uchun Birinchi liganing 8 jamoasi saralash bosqichi orqali kurash olib boradi.

Saralash AGMK klubining 7 aprel kungi xalqaro o‘yini natijasidan kelib chiqib, ikki yoki uch bosqichda tashkil etiladi. I bosqich o‘yinlari 28 mart kuni o‘tkaziladi va unda sakkiz jamoa qur’a yordamida to‘rt juftlik hosil qiladi. Bir uchrashuv natijasiga ko‘ra, to‘rt g‘olib klub II bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Mazkur bosqichda to‘rt klub ikki juftlik hosil qiladi va o‘yinlar 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

AGMK 7 aprel kuni xalqaro o‘yinda zafar quchsa, III bosqich bekor qilinadi va II bosqichning ikki g‘olib klubi «Paxtakor» va AGMK o‘rnida guruh bosqichida qatnashadi. AGMK 7 aprel kuni mag‘lub bo‘lsa, II bosqichning ikki g‘olibi 13 aprel kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining bitta yo‘llanmasi uchun o‘zaro maydonga chiqadi.

O‘zbekiston kubogi saralash bosqichida quyidagi klublar ishtirok etadi: «Lokomotiv-BFK», «Chig‘atoy», «Rubin», «Neftgazmontaj», «Lochin», «Zomin», «Jomboy», «G‘ijduvon».

I bosqich uchun tashlangan qur’a natijalari:


O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi uchun tashlangan qur’a natijalari:


Shuningdek, qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston kubogi-2021 finali qayerda bo‘lib o‘tishiga ham oydinlik kiritildi. Unga ko‘ra, final chchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.