Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda avtomobilsozlik tarmog‘ida o‘sishni ta’minlash uchun 2023 yil 1 sentabrga qadar Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini to‘liq quvvatga chiqarish topshirildi.
2024 yildan boshlab barcha yangi savdo, ko‘ngilochar va biznes markazlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar va avtomobil yo‘llar bo‘yidagi infratuzilmalarda majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari joylashtiriladi. Ikki yil ichida 2400 ta stansiya quriladi.
Farg‘onada joriy yil yakunigacha elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqaradi va 40 foizini eksportga yo‘naltiradi. Qolaversa, qator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.
Samarqanddagi KOICA markazining o‘quvchilari tomonidan yaratilgan elektromobil sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirda ulovni to‘liq quvvatlash uchun 6−7 soat talab etiladi. Kelgusida unga o‘zini o‘zi quvvatlovchi quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi. Import hajmi 4,5 barobarga o‘sgan.
O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida qiymati 21,8 mln dollarlik 734 ta elektromobil import qildi. Ularning ko‘pi Xitoydan keltirilgan. 2021 yilning mos davriga nisbatan elektromobil importi 5 barobarga oshdi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, elektromobilda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanganlarni 2040 yilgacha litsenziya to‘lovlari va yig‘imlaridan ozod qilish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, elektromobil haydovchilari munitsipal avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin. Avtoturargohlarga elektomobillarni tezkor quvvatlantiruvchi stansiyalar o‘rnatish taklifi ham bildirilmoqda.
Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2023 yildan yangi barpo etiladigan turar va noturar tijorat ko‘chmas mulklarida elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatishni majburiy etib belgilash taklif etilmoqda. Qolaversa, Toshkent shahri va viloyatidagi barcha AGTKSH va AYOQSHlari elektromobilni quvvatlash stansiyalari bilan ta’minlanadi.
Yanvar oyida O‘zbekistonda 14 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan qariyb 2 baravarga ko‘proq. Lekin 2021 yilning yanvarida avtomobil zavodida ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Shuningdek, yil boshida qiymati 3,1 mln dollarga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilindi.
2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan. Ularning 90% Xitoydan olib kelingan. Elektromobillar importi 2020 yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan.
Yanvar-oktabr oylarida qiymati 12 mln dollariga teng bo‘lgan jami 613 dona elektromobil import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillar asosan Xitoydan (551 ta) olib kelingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning oktabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan. Ushbu xarid uchun O‘zbekiston 1,5 mln dollar sarflagan.
Farg‘ona viloyatida dekabr oyida «Central Asia Motors» korxonasida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida ishlab chiqariladi. Korxona to‘la quvvati bilan ishga tushgach, yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 40 foizi eksport qilinadi.
Farg‘onada elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha Central Asia Motors korxonasi negizida Xitoyning Hong Kong ZRSC kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 55 mln dollar.
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati 258,3 mln dollarga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. Mashinalar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5983 taga kamaygan.
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 432 ta yoki o‘tgan yildagi umumiy ko‘rsatkichdan 2,3 barobar ko‘proq elektromobil import qilindi. Ular asosan Xitoydan olib kirildi.
2021 yilning birinchi besh oyida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Import qilingan elektromobillar uchun 4,6 mln AQSh dollari sarflangan. Elektromobillarning 95% Toshkent shahriga olib kelingan.
Lukashenkoning Belarus va Rossiyaning birlashishini ma’qullamagani, yil oxirigacha COVID ustidan g‘alaba qozonish bo‘yicha prognozlar haqiqatga mos kelmasligi, Volvo’ning 2030 yilga kelib faqat elektromobil ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Makro AC, CCS va CHAdeMO larning 30 ta quvvatlantirish bekatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bekatlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlardagi supermarketlar oldida ham o‘rnatiladi.
O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqatgina elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yig‘imlar bekor qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting