Tataristonning Kama kompaniyasining Atom elektromobili O‘zbekistonda yig‘ilishi mumkin. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Vechernyaya Kazan” nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hamkorlar Atom`ni keng ko‘lamli yig‘ishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishmoqda, keyin esa bu avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.

“Men bu mashinani ilk bor shu yerda, Qozonda ko‘rdim. Bu elektromobil qanchalik ilg‘or va sifatli ekanligi men uchun kashfiyot bo‘ldi”, — deydi Volvach mashina haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan.

Avtomobilni ishlab chiqish KamAZ rahbari Sergey Kogogin tomonidan asos solingan Kama kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.