O‘zbekiston avtomobil bozorida o‘sish biroz sekinlashganiga qaramay, barqaror o‘sishda davom etmoqda. Oy davomida sotuvlar 2,4 foizga o‘sdi va eng sezilarli o‘sish elektromobillar ikkilamchi bozorida qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida bayon qilindi.

Avgust oyda avtotransport vositalarini sotish 2,4 foizga o‘sib, 148 mingtaga yetdi. 2022-yilning avgust oyiga nisbatan sotuvlar soni 24 foizga ortgan.

Yengil avtomobillar

Avgust oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni 135 mingtadan oshib, o‘tgan oyga nisbatan 2,3 foizga o‘sdi. Nisbatan yuqori o‘sish Xorazm — 17 foiz, Jizzax — 12 foiz va Sirdaryo — 11 foiz viloyatlarida qayd etildi.

Umuman olganda, yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan 24 foizga o‘sdi.

Yengil avtomobillar sonining o‘zgarish dinamikasi, 2021−2023-yillarYengil avtomobillar sonining o‘zgarish dinamikasi, 2021−2023-yillar

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Avgust oyida jami 37,7 mingta yangi yengil avtomobillar sotilib, avtomobil sotuvi o‘tgan oyga nisbatan 9 foizga o‘sgan. O‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan birlamchi yengil avtomobillar bozorida o‘sish 2 baravardan ko‘proqni tashkil etdi.

avtomobillar bozori, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, электромобиль

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillari segmentida sotuvlar 32,6 mingtani tashkil etdi (iyul oyida 29,6 mingta).

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bozori

Avgust oyida xorijda ishlab chiqarilgan 5,4 mingta yangi yengil avtomobillar sotilib, iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 8,7 foizga ko‘paygan.

avtomobillar bozori, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, электромобиль

Ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi biroz pasaydi. Oy davomida 97,5 mingta yengil avtomobillar sotilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasaygan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan sotuv miqdori 7 foizга o‘sgan.

Qayd etilishicha, ikkilamchi avtomobil bozorida sotuvlarning pasayishi UzAuto Motors tomonidan Cobalt, Lacetti, Labo va Damas avtomobillari uchun shartnomalarning tiklanishi bilan bog‘liq (shu yilning avgust oyidan boshlab 51 mingga yaqin avtomobil uchun shartnoma tuzilgan, kompaniya bu 2023-yil oxirigacha ishlab chiqarish rejaga mos kelishini ta’kidlagan).

Elektromobillar bozori

Avgust oyida yengil elektromobillar sotuvi 3,7 mingtadan oshib, iyul oyiga nisbatan 38 foizga ko‘paygan.

Elektromobillar eng ko‘p Toshkent shahrida (2,8 mingta), Toshkent viloyati (250 ta) va Farg‘ona viloyatida (139 ta) sotilgan.

avtomobillar bozori, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, электромобиль

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektromobillar sotuvi 5 baravarga oshgan.

Birlamchi bozorda elektromobillar sotuvi 3,2 mingtani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 35 foizga o‘sdi. Sotish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 baravarga ko‘paygan.

Sezilarli o‘sish elektromobillarning ikkilamchi bozorida qayd etildi. Oy davomida sotuvlar 56 foizga o‘sdi va 497 donani tashkil etdi. Sotish ko‘rsatkichi 2022-yil avgust oyiga nisbatan 89 foizga oshgan.