O‘zbekistonga 4 oyda 734 ta elektromobil import qilingan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 7 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln dollarga teng bo‘lgan 734 ta elektromobil import qildi. Elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.

O‘zbekistonga import qilingan eng ko‘p (654) elektromobillar Xitoydan olib kelingan.

Mamlakatga elektromashina import qilgan dalatlar:

  • Xitoy — 654 ta;
  • BAA — 40 ta;
  • Germaniya — 17 ta;
  • Gonkong — 10 ta;
  • Litva — 6 ta;
  • Estoniya — 2 ta;
  • Koreya — 2 ta.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan edi. 2020 yilda esa mamlakatga 2,9 mln dollar qiymatga ega 131 ta elektromobil olib kelingan.

Mart oyida Moliya vazirligi mamlakat ichida elektromobil xarid qilish va ularni vaqtincha olib kirish uchun to‘lovlarni bekor qilish bo‘yicha taklif kiritgan edi.