«davlat statistika qo‘mitasi» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 119 ming nikoh qayd etilgan
6 iyul 2021, 10:54

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 119 ming nikoh qayd etilgan

Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 118 ming 988 ta nikoh holatlari qayd etildi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p nikoh Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida rasmiylashtirilgan.

O‘tgan 6 oy ichida eng ko‘p chaqaloq Samarqandda tug‘ilgan
2 iyul 2021, 19:16

O‘tgan 6 oy ichida eng ko‘p chaqaloq Samarqandda tug‘ilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 ming 258 ta tug‘ilish qayd etilgan. Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish bo‘yicha Samarqand, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 205 ta elektromobil import qilingan
23 iyun 2021, 12:35

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 205 ta elektromobil import qilingan

2021 yilning birinchi besh oyida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Import qilingan elektromobillar uchun 4,6 mln AQSh dollari sarflangan. Elektromobillarning 95% Toshkent shahriga olib kelingan.

O‘zbekiston o‘tgan 4 oyda xorijdan 630 mingga yaqin mobil telefon import qildi
13 iyun 2021, 11:03

O‘zbekiston o‘tgan 4 oyda xorijdan 630 mingga yaqin mobil telefon import qildi

O‘zbekiston yanvar-aprel oylari davomida xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628 ming 885 dona mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston to‘rt oyda 113,7 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar import qildi
4 iyun 2021, 11:40

O‘zbekiston to‘rt oyda 113,7 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar import qildi

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan bo‘lib, bu borada Xitoy, Koreya va Rossiya mamlakatlari yetakchi bo‘lib turibdi.

May oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil qildi
1 iyun 2021, 13:16

May oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil qildi

May oyida inflyatsiya 0,5% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatladi.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
31 may 2021, 11:57

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln 268,2 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln 271,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

O‘zbekistondagi korxona va tashkilotlar soni 37 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda
11 may 2021, 11:47

O‘zbekistondagi korxona va tashkilotlar soni 37 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda

Yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 242 taga ko‘p (128,3 foizga o‘sgan).

O‘zbekistondagi avtomobil eksportining deyarli barchasi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda
8 may 2021, 16:52

O‘zbekistondagi avtomobil eksportining deyarli barchasi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda

2021 yilning I choragida O‘zbekiston Qozog‘istonga 82,6 mln dollar miqdorda 8 468 dona yengil avtomobil eksport qilgan. Bu ushbu davrdagi O‘zbekiston yengil avtomobil eksportining deyarli 95 foizini tashkil qiladi.

2021 yil boshidan beri O‘zbekistondan 4 ming kishi ko‘chib ketdi
27 aprel 2021, 17:08

2021 yil boshidan beri O‘zbekistondan 4 ming kishi ko‘chib ketdi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan va 578 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ko‘chib ketganlarning eng katta qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.

2021 yilning birinchi choragida YAIMning hajmi 3 foizga oshgan
17 aprel 2021, 17:27

2021 yilning birinchi choragida YAIMning hajmi 3 foizga oshgan

Yilning ilk choragida YAIM o‘sishi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 103%dan iborat bo‘lgan. Ko‘rsatkichlar transport, qurilish va chakana savdo sohalarida tiklanish og‘ir ketayotganini ko‘rsatmoqda.

Yanvar oyida Xitoy O‘zbekiston importida ham, eksportida ham yetakchi bo‘ldi
24 fevral 2021, 15:49

Yanvar oyida Xitoy O‘zbekiston importida ham, eksportida ham yetakchi bo‘ldi

O‘zbekiston eksportida Xitoy yetakchi bo‘lib, yanvar oyida umumiy eksport xajmi 147 mln dollarni tashkil etgan. Xitoy, shuningdek, O‘zbekiston importida ham yetakchi o‘rinni yegallagan — import xajmi 337,2 mln dollar.

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi
1 fevral 2021, 14:56

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri mevalar va sabzavotlar narxlarining mavsumiy o‘sishi bo‘ldi.

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan
1 fevral 2021, 13:37

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan

2020 yilda O‘zbekistondan avtomobillar eksporti pul ko‘rinishida 30,4 foizga, ya’ni 208,7 mln dollarga yetdi. Avtomobillar importi 2,3 baravarga ko‘p bo‘ldi. UzAuto Motors tomonidan eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt.

2020 yilda O‘zbekistonga qaysi davlatlardan xorijliklar tashrif buyurdi
26 yanvar 2021, 17:33

2020 yilda O‘zbekistonga qaysi davlatlardan xorijliklar tashrif buyurdi

O‘tgan yili O‘zbekistonga 1,5 million xorijlik tashrif buyurdi, bu 2019 yilga nisbatan 77,7 foizga kam. Ko‘pchilik mamlakatga qarindoshlarini ko‘rish uchun kirgani (87,8%) qayd etilmoqda.

O‘zbekistonda 2020 yilda bir yil avvalgiga qaraganda 21 mingta ko‘proq o‘lim qayd etildi
18 yanvar 2021, 18:48

O‘zbekistonda 2020 yilda bir yil avvalgiga qaraganda 21 mingta ko‘proq o‘lim qayd etildi

O‘zbekistonda pandemiya hukmron bo‘lgan 2020 yilda 175,6 ming kishi vafot etib, bir yil avvalgiga nisbatan 21 mingta (13,58 foiz) ko‘proq o‘lim qayd etildi. Qayd etilgan o‘lim holatlarining 60 foiziga qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo‘lgan.

9 oy davomida kuzatilgan o‘lim holatlari statistikasi e’lon qilinmadi
6 noyabr 2020, 16:09

9 oy davomida kuzatilgan o‘lim holatlari statistikasi e’lon qilinmadi

So‘nggi yillarda birinchi marta Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisobotga o‘lim holatlari statistikasini kiritmadi. Qo‘mita Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot bermaganligi haqida ma’lum qildi. Avvalroq «Gazeta.uz» koronavirus pandemiyasi sababli vafot etganlar soni iyul oyida mamlakatda 26,4 foizga, Toshkentda esa 2,6 martaga oshganini yozgan edi.

DSQ kompaniyalar to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar taqdim etilmagani bo‘yicha izoh berdi
15 oktabr 2020, 12:15

DSQ kompaniyalar to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar taqdim etilmagani bo‘yicha izoh berdi

Davlat statistika qo‘mitasi saytida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning rahbari va ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qo‘mita saytning yangilanayotganligi va nosozliklar tuzatilganligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etdi
29 iyul 2020, 12:27

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etdi

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng ko‘p oylik ish haqini Navoiy va Toshkent viloyatlari ishchilari olishadi. Eng kam oylik ish haqi sog‘liqni saqlash sohasida bo‘lsa, eng yuqorisi bank va IT sohalarida bo‘ldi.

Yarim yilda YAIM o‘sishi 0,2 foizgacha pasaydi
28 iyul 2020, 17:43

Yarim yilda YAIM o‘sishi 0,2 foizgacha pasaydi

2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi 255,2 trln so‘mni ($26 mlrd) tashkil etdi, iqtisodiy o‘sish esa 0,2% gacha pasaygan. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 1,8 foizga tushib, 7,4 million so‘mga (766 dollar) teng bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting