Yanvar-iyun oylarida mamlakatda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning shu davriga nisbatan 21,6 foizga oshdi, deya ma’lum qildi Davlat statistika qo‘mitasi.

Eng kam oylik ish haqi sog‘liqni saqlash sohasi ishchilarida ekanligi, eng yuqori ish haqini esa bank va IT sohalari ishchilari olishi ma’lum bo‘ldi.

Yuridik shaxslarning mintaqalar bo‘yicha o‘rtacha oylik hisoblangan ish haqi, mln so‘mda:


Yanvar-iyun 2019

Yanvar-iyun 2020

Qoraqalpog‘iston

2,01

2,41

Andijon

1,89

2,37

Buxoro

1,92

2,42

Jizzax

1,77

2,08

Qashqadaryo

1,76

1,99

Navoiy

2,68

3,37

Namangan

1,72

2,04

Samarqand

1,75

2,04

Surxondaryo

1,73

2,09

Sirdaryo

1,78

2,18

Toshkent

2,31

2,69

Farg‘ona

1,72

2,07

Xorazm

1,77

2,15

Toshkent shahri

2,97

3,63

Ma’lumot uchun, 1 fevraldan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 679 330 so‘m etib belgilangan edi.