Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning yanvar oyida O‘zbekiston eksportida va importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Yanvar oyida O‘zbekiston eksportida yetakchi bo‘lgan davlatlar:

  1. Xitoy — 147 mln dollarni;
  2. Rossiya — 110,2 mln;
  3. Turkiya — 106,5 mln;
  4. Qozog‘iston — 63,6 mln;
  5. Afg‘oniston — 58,1 mln;
  6. Qirg‘iziston — 41,5 mln;
  7. Tojikiston — 26,3 mln;
  8. Turkmaniston — 23,5 mln;
  9. Kanada — 19,1 mln;
  10. Eron — 7,7 mln.

Yanvar oyida O‘zbekiston importida yetakchi bo‘lgan davlatlar:

  1. Xitoy — 337,2 mln dollar;
  2. Rossiya — 319,5 mln;
  3. Qozog‘iston — 204,9 mln;
  4. Turkiya — 106,1 mln;
  5. Fransiya — 78,4 mln;
  6. Koreya — 70,1 mln;
  7. Litva — 45,3 mln;
  8. Germaniya — 42,2 mln;
  9. Hindiston — 41,8 mln;
  10. Braziliya — 30 mln.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida O‘zbekistonning jami import hajmi 1,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.