O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

2021 yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 39,5 mln;
  • Koreya — 30,4 mln;
  • Rossiya — 22,1 mln;
  • Tailand — 6,6 mln;
  • Germaniya — 3,3 mln;
  • Polsha — 3,1 mln;
  • AQSh — 2,8 mln;
  • Yaponiya — 1,8 mln;
  • Qozog‘iston — 1,7 mln;
  • Litva — 1,1 mln.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 mln dollar sarflangan.