2020 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytilmoqda.

O‘tgan yili O‘zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019 yilga nisbatan 76,3 foizga past.

O‘zbekistonga MDH mamlakatlaridan 1,42 million chet elliklar (umumiy sonning 94,4%), boshqa mamlakatlardan — 83,8 ming kishi (5,6%) kelgan.

O‘tgan yili mamlakatdan MDH davlatlariga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1,84 million kishini (ularning umumiy sonining 92,1%), boshqa mamlakatlarga esa 158,2 ming kishini (7,9%) tashkil etdi.

2020 yil yanvaridan dekabrigacha chet el fuqarolari kelganlar orasida erkaklar 50,9% (765,4 ming kishi), ayollar esa 49,1% (738,7 ming kishi) ni tashkil etdi.

Mamlakatni sayyohlik maqsadida tark etgan erkaklar (O‘zbekiston fuqarolari) 54,2% (1,08 mln. kishi), ayollar — 45,8% (916,3 ming kishi).

Chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi: Qirg‘iziston — 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8%), Qozog‘iston — 424,1 ming kishi (28,2%), Tojikiston — 337,5 ming kishi (22,4%), Rossiya — 81,6 ming kishi (5,4%), Turkmaniston — 60,6 ming kishi (4%), Ozarbayjon — 2,2 ming kishi (0,1%) va Belorusiya — 1,6 ming kishi (0,1%).

O‘zbekistonliklarning xorijiy mamlakatlarga eng ko‘p chiqishi: Qirg‘iziston — 947,7 ming kishi (47,4%), Qozog‘iston — 520,3 ming kishi (26%), Tojikiston — 299,5 ming kishi (15%), Turkiya — 62, 7 ming kishi (3,1%), Rossiya — 53,2 ming kishi (2,7%), Birlashgan Arab Amirliklari — 29,5 ming kishi (1,5%), Turkmaniston — 16,6 ming kishi (0, 8%), Janubiy Koreya — 9,8 ming kishi (0,5%), Germaniya — 1,7 ming kishi (0,1%), Xitoy — 1 ming kishi (0,1%) va boshqa mamlakatlarga — 59,5 ming kishi (2,8%) da qayd etilgan.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining aksariyati qarindoshlarini ziyorat qilish uchun kelganini qayd etgan: (87,8%). Chet el fuqarolarining sezilarli darajada kam qismi quyidagi maqsadlar uchun tashrif buyurgan: sayohat — 8,6%, davolanish — 1%, xizmat zarurati — 1,2%, tijorat safari — 1,1% va o‘qish — 0,3%.

O‘zbekistonni tark etgan fuqarolarning ko‘pchiligi qarindoshlarni ziyorat qilish uchun ketganliklarini ma’lum qilgan — 84,7%, eng kichigi sayohat (7,9%), o‘qish (5,4%), xizmat safarlari (1,2%), davolanish (0, 8%).