Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning I choragida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln dollarga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln dollarga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 468 dona) eksport qilingan. Bu ushbu davrdagi O‘zbekiston yengil avtomobil eksportining deyarli 95 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 82,6 mln;
  • Ukraina — 1,5 mln;
  • Afg‘oniston — 1,3 mln;
  • Qirg‘iziston — 963,3 ming;
  • Ozarbayjon — 444,7 ming;
  • Rossiya — 313,0 ming;
  • Tojikiston — 134,4 ming dollar.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonda avtomobillar savdosida o‘sish kuzatilgani haqida xabar bergan edik.