Yanvar-may oylarida elektromobillar importiga 4,6 mln AQSh dollari sarflangan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, may oyida O‘zbekistonga 49 ta elektromobil olib kelindi. Bu aprel oyiga qaraganda 16 taga kam.

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 179 taga ko‘p. Birinchi besh oy davomida import qilingan elektromobillar uchun 4,6 million AQSh dollari sarflangan.

O‘zbekiston quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 166 ta;
  • Turkiya — 24 ta;
  • Koreya — 5 ta;
  • AQSh — 5 ta;
  • Germaniya — 3 ta;
  • Litva — 1 ta;
  • Ispaniya — 1 ta.

Yanvar-may oylarida elektromobil import qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri — 195 ta
  • Toshkent viloyati — 3 ta
  • Farg‘ona viloyati — 2 ta
  • Samarqand viloyati — 2 ta
  • Andijon viloyati — 2 ta
  • Sirdaryo viloyati — 1 ta

O‘zbekiston 2018 yilda 13 ta, 2019 yilda 39 ta, 2020 yilda 131 ta elektromobil import qilgan.

Avvalroq, 4 oyda O‘zbekistonga 156 ta elektromobil olib kirilgani, bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘pligi haqida xabar berilgan edi.