Yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan, deya xabar bermoqda Spot.uz Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslangan holda. Ushbu sonlar vaqtinchalik migratsiya ko‘rsatkichlariga tegishli emas.

Ko‘chib ketganlarning ko‘pchiligi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi — 3 372 kishi. Ikkinchi o‘rinda esa Rossiya — 526. Shuningdek, 60 kishi Isroilga, 24 kishi Qirg‘izistonga, 9 kishi Tojikistonga, yana 103 kishi boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketishdi.

O‘zbekistonga esa yil boshidan beri 578 kishi ko‘chib kelgan. Bu yerda ham Qozog‘iston birinchi o‘rinda (210 kishi), Tojikiston ikkinchi o‘rinda (137 kishi), Rossiya uchinchi o‘rinda (99 kishi). Shuningdek 27 kishi Qirg‘izistondan, 21 kishi Turkmanistondan, yana 84 kishi boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelishgan.

Hozirda Qozog‘istonda etnik qozoqlarni mamlakatga qaytarish dasturi amalga oshirilmoqda. Repatriantlarni oralmanlar yoki qandaslar deb atashadi, ular ma’lum imtiyozlarga ega, masalan, ish va uy-joy bilan ta’minlanishda yordam ko‘rsatish, nafaqa, universitetlarga kirishda alohida kvotalar kabi.

2020 yilda ularning soni 12 mingdan oshgan bo‘lib, ularning 30 foizi sobiq o‘zbeklardir. 1991 yildan beri jami 1,7 mlnga yaqin etnik qozoq Qozog‘istonga qaytib bordi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda O‘zbekistondan jami 13 611 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketishgan. Ko‘chib kelganlar soni esa — 1 105 kishi.