Yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 8 242 taga oshdi va o‘sish sur’ati 128,3 foizni tashkil etdi.

Hududlar kesimida o‘tgan yilga nisbatan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar bo‘yicha Qashqadaryo (2 826 ta), Toshkent shahri (1 620 ta), Farg‘ona (1 217 ta) va Buxoro (778 ta) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatildi.

Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p korxonalar savdo-sotiq sohasida tashkil etilgan.

1 may holatiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

  • savdoda — 12 269 ta
  • sanoatda — 7 633 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 6 058 ta
  • qurilishda — 2 479 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda — 2 035 ta
  • axborot va aloqada — 926 ta
  • tashish va saqlashda — 918 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda — 598 ta
  • boshqa sohalarda — 4 436 ta.