O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi 2020 yilning birinchi yarmida 255,2 trln so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Davlat statistika qo‘mitasi.

Dastlabki hisobotga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida YAIM o‘sish ko‘rsatkichi 2019 yilning mos davridagi 6,0 foizga va 2018 yilning mos davridagi 5,9 foizga nisbatan 0,2% gacha sekinlashgan.

Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi (9790 so‘m) bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 26 mlrd AQSH dollarиni tashkil etdi (2019 yilning yanvar-iyunida — 26,6 mlrd AQSH dollar).

2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 145,4 trln so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 89,7 trln so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 20,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 7,4 mln so‘mni (yoki $766) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2019 yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda 1,8 foizga kamaygan (aholi jon boshiga YAIM o‘sishi 2018 va 2019 yil mos ravishda 4,2% va 4,1% ni tashkil etgan). Bunda O‘zbekiston doimiy aholisining o‘rtacha soni 2020 yilning yanvar-iyunida 34 mln kishini tashkil qilgan.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

Ma’lumot uchun, Jahon bankiining ro‘yxatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab aholi jon boshiga hisoblangan YAIM (xarid qilish qobiliyati bo‘yicha) eng yuqori uchlik mamlakatlari qatorida Makao ($129,1 ming), Lyuksemburg ($121,2 ming) va Singapur ($101,3 ming) kirsa, eng past uchlikda Burundi ($782), Markaziy Afrika Respublika ($984) va Malavi ($1013). JB ma’lumotiga ko‘ra, aholini xarid qilish qobiliyati bo‘yicha O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich ($7288) va nominal miqdorda ($1724) tashkil qiladi.