O‘zbekiston 2021 yilning dastlabki 4 oyi mobaynida xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefonlar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan.

O‘zbekiston 10 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

Statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 422,1 ming dona
  • Vetnam — 72,9 ming dona
  • Qozog‘iston — 63,5 ming dona
  • BAA — 42,6 ming dona
  • Hindiston — 27,7 ming dona
  • Rossiya — 600 dona
  • Yaponiya — 16 dona