Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 258 ta tug‘ilish qayd etilgan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha:

  • Samarqand viloyati — 47 439 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 43 588 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 41 944 ta;
  • Andijon viloyati — 36 678 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 35 653 ta;
  • Namangan viloyati — 33 788 ta;
  • Toshkent viloyati — 32 664 ta;
  • Toshkent shahri — 28 047 ta;
  • Jizzax viloyati — 18 405 ta;
  • Buxoro viloyati — 17 859 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 16 791 ta;
  • Xorazm viloyati — 16 583 ta;
  • Navoiy viloyati — 11 686 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 10 133 ta.

Shuningdek, iyun oyida Samarqand viloyatida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan. Iyun oyida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan uchta hudud quyidagilar:

  • Samarqand viloyati — 10 055 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 8 614 ta;
  • Andijon viloyati — 7 148 ta.